Elektron qurilmalardan foydalanilmaganda ham elektr tarmoğiga ulangan holda qoldirilsa, energiya sarflovçi indikatorlar hisobiga pul yozilişi mumkin. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutasaddilari iştirokida AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Elektr energiyasini hisobga olişni avtomatlaştiriş markazi direktori Ravşan Mirsolihov ma'lum qildi.

“Har qanday elektr qurilmasi işlatilmasa ham rozetkaga ulangan holda turganda biror energiya sarflovçi indikatori işlab tursa energiya sarfi kuzatiladi. Masalan, televizor körilmasa ham elektrga ulangan holda tursa, unda qizil çiroq yonib turadi. Bu öz-özidan yuz bermaydi, albatta energiya sarfi evaziga yonadi. Bunda kam miqdorda bölsa ham elektr işlatiladi va hisoblagiç bu uçun pul yozadi. Yangi elektr energiya hisoblagiçlar bejizga “Aqlli hisoblagiç” deb nomlanmagan. Sababi har qanday energiya sarfini ham hisobga oladi. Lekin iste'molçi qurilmadan foydalanmagani uçun energiya sarflanmadi degan fikrda bölişi tuşunmovçilik holatlarini keltirib çiqarişi mumkin”, dedi Ravşan Mirsolihov.

Uning ta'kidlaşiça, eski hisoblagiçlarda aniqlik darajasi 5 foizgaça xatolik bilan işlagan. Yangi hisoblagiçlarda esa aniqlik darajasi 0,02 foizni taşkil etmoqda.

Ma'lumot uçun, hozirgaça respublikada 6 mln 900 mingdan ortiq hisoblagiçlar örnatilib, qariyb 5 millionga yaqini billing tizimiga ulangan.

Respublikada ASKUE tizimini joriy etiş maqsadida 587 million AQŞ dollariga teng loyiha amalga oşirilmoqda, ilk bosqiçi Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalaştirgan va buning uçun 150 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağ ajratilgan. Uşbu elektron hisoblagiçlar Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi hamda mahalliy işlab çiqaruvçilar — “Elektron hisoblagiç” QK va “Toşelektroapparat” MÇJlar tomonidan yetkazib berilmoqda.