ÖzA xabariga köra, umumxalq xayriya haşarini ötkaziş böyiça boş vazir birinçi örinbosari O.Ramatov rahbarligida işçi guruh tarkibi tasdiqlandi.
Xayriya haşarini ötkazişda quyidagilarga e'tibor qaratiş alohida qayd etildi:
- mahallalar, aholi punktlari, köp qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlarni hamda bolalar maydonçalarini tartibga keltiriş;
- “Mahallamga 30 tup daraxt mening tuhfam” şiori ostida barça turar joy mavzelari va mahallalarda gul köçatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekiş, daraxtlarni oqlaş va butaş;
- umumxalq haşari doirasida bölmagan boşqa turdagi jamoat işlari, şu jumladan, quriliş-ta'mirlaş va qişloq xöjaligi işlariga majburiy jalb etişga qat'iy yöl qöyilmagan holda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, iş örinlarini tartibga keltiriş işlarini amalga oşiriş;
- avtomobil yöllari, harakatlaniş tiğiz bölgan köçalar, suv obektlari, qirğoqböyi hududlar va zonalar, quriliş maydonlari, bino va inşootlar tomlari, xavfli işlab çiqariş obektlari, şuningdek, insonlarning hayoti yoki soğliğiga xavf tuğilişi yuzaga kelişi mumkin bölgan boşqa joylarda ixtiyoriy taşabbus bilan haşarlar va boşqa işlarni ötkaziş taqiqlanganligini qat'iy nazoratga oliş;
- uşbu tarğibot-taşviqot tadbirlarida joylarda iş beruvçilar tomonidan haşarda közda tutilgan işlar uçun işçilarni majburiy tarzda jalb etişga mutlaqo yöl qöymaslik, şunday holatlarga yöl qöygan mutasaddilarga jazo çoralarini qöllaş.












