Quriliş vazirligi Qaşqadaryo viloyati hududida tadbirkorlar tomonidan olib borilgan qurilişlarni örganib, ularning ba'zilaridagi xato va kamçiliklar haqida ma'lumot berdi.
1. Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahri «Şörtan» MFY hududidagi «1-son kompleks loyiha quriliş va montaj» xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan köp qavatli turar joy binosida majburiy yuritilişi lozim bölgan ijro hujjatlari yuritilmagan. Şuningdek, binoda işlatilgan monolit temir beton konstruksiyalarining loyihaviy mustahkamligiga mos kelişi böyiça laboratoriya sinov xulosalari olinmagan, şaharsozlikka ruxsat beruvçi hujjatlar rasmiylaştirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan quriliş-montaj işlari boşlangan.

«Uşbu aniqlangan kamçiliklar böyiça pudratçi taşkilotga nisbatan 2020 yil 24 dekabrda yozma körsatma berilib, kamçiliklar bartaraf etilmagani sabab ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma rasmiylaştirilgan va hujjatlar sudga topşirilgan», deyiladi vazirlik axborotida.
2. Qarşi şahar Islom Karimov hamda Tupxona köçalari çorrahasida «Ulkan inşoot quriliş servis» MÇJ tomonidan qurilayotgan mehmonxona binosida ham kamçiliklar aniqlangan. Obekt qurilişi uçun tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlariga ijobiy yiğma ekspertiza xulosasi hamda obektni loyihalaştiriş uçun işlab çiqilgan boş reja, fasad körinişi uçun arxitektura va şaharsozlik kengaşining bayonnomasi olinmagan. Şuningdek, bu yerda ham hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan quriliş-montaj işlari boşlangan.

Bundan taşqari, obektda işlatilayotgan quriliş materiallar sifat hujjatlari mavjud emas, temir beton konstruksiyalarida işlatilgan beton qorişmalarining loyihaviy mustahkamligiga mosligi böyiça laboratoriya sinov xulosalari ham yöq.
«Mazkur aniqlangan kamçiliklar hududiy inspeksiya tomonidan 1136-sonli yozma körsatmada belgilangan muddatda bajarilmagani sabab ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma rasmiylaştirilib, hujjatlar sudga yuborilgan», deyiladi axborotda.
3. Qarşi şahar Jayxun köçasi hududida «Nazira» xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçalari va naves qurilişi hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan boşlangani sabab obektda qisqa muddatli inspektorlik tekşiruvi ötkazildi.












