Namoyish “U o‘zi o‘lmadi, uni o‘ldirishdi” shiori ostida o‘tgan. Ishtirokchilar Maradona o‘limi tafsilotlari tergov qilinishini va aybdorlar jazolanishini talab qilishgan. 

Argentinaning Clarin portali xabar berishicha, politsiya namoyish borishini nazorat qilib turgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Maradonaning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Biroq politsiya uni davolagan shifokor Leopoldo Luke hamda uning o‘limi kuni uyida navbatchilik qilgan hamshirani loqaydlikda gumon qilgan.  

Toksikologik ekspertiza Maradona organizmida spirtli ichimlik yoki giyohvand modda izlarini aniqlamagan. Kriminalistlar ham sportchining qoni va siydigini tahlil qilishganda unda faqatgina psixotrop vositalar borligini aniqlashgan.