Harbiylarning versiyasiga köra, pullar va oltinlarni unga Yangonning sobiq boş vaziri Pxyo Min Teyn bergan. Xunta vakillarining sözlariga köra, uning özi poraxörlik holati haqida gapirgan. Şu bilan birga, harbiylar Aung San Suu Ki kimdan qanday pul olgani haqida dalil keltirişmagan.

«Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi yetakçisi fevral oyi boşidan buyon hibsda qolmoqda.

U aynan qayerda saqlanayotgani böyiça aniq va işonçli ma'lumot yöq. Qölga olinganidan buyon unga ratsiyalarni çegaradan noqonuniy ötkaziş, saqlaş va foydalaniş böyiça, şuningdek, karantin qoidalarini va favqulodda holatlarni bartaraf etiş böyiça qonunlarni buziş ayblovlari qöyilgandi.

Payşanba kuni noqonuniy boylik orttiriş böyiça qöyilgan ayblovlar esa hozirça eng jiddiy ayblov bölib turibdi.

Harbiylarning tasdiqlaşiça, u pullar bilan birga olgan oltinlarning bahosi 600 ming dollarlik qiymatga ega. Şu tariqa, ularning versiyasiga köra, Aung San Suu Ki bir million dollardan ortiq mablağni özlaştirgan.

«Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi deputati bu ayblovni tuhmat deb atadi.

«Ular özlari Myanma köçalarida begunoh insonlarni öldirgani holda siyosatçini öğirlikda asossiz ayblaşmoqda», degan deputat.

Payşanba kuni xavfsizlik kuçlari yana kamida yetti kişini öldirişdi, natijada, mamlakat böylab davom etayotgan namoyişlar boşlanganidan buyon öldirilgan tinç aholi vakillari soni 60dan oşdi. Guvohlarning sözlariga köra, ayrim namoyişçilarning boşini nişonga olib otib taşlaşmoqda.

Amnesty International taşkiloti harbiylarni qotillikda ayblaşmoqda, ayblovda harbiylar qurolsiz namoyişçilar nişonga tutib otilayotgani aytilgan.

«Bu ayrim xodimlarining özboşimçalik bilan qabul qilayotgan qarorlari emas. Bu avvaldan insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etib kelgan tajribali qömondonlarning ongli ravişda qonxörlik usullarini qöllaşidir», degan Amnesty vakili Joan Mariner.

Myanmada fevral oyi boşida Aung San Suu Ki va boşqa fuqarolik hukumati rahbarlari qölga olingaç, keng kölamli norozilik namoyişlari boşlanib ketgandi.