Toşkent viloyatida ötkazilayotgan «Zarbdor oylik» doirasida tezkor xodimlar taxminiy narxi 1 mlrd sömlik giyohvand va psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöydi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil 3 mart kuni Toşkent tumani IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida, Toşkent tumani “Bunyodkor” MFYda yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan M.K. va uning şerigi, 1988 yilda tuğilgan L.A. nazoratdagi arizaçiga 15ta konvalutadagi jami 150 dona “Tramadol” tabletkalarini 300 ming sömga sotayotgan vaqtida uşlandi.

Uşlangan şaxslar bilan ötkazilgan suhbat davomida, dorilar “Ma'murxon” ismli şaxsdan olingani aniqlandi va tadbir davom ettirildi. Toşkent tumanida yaşovçi M.Z. ham 43ta konvalutadagi jami 430 dona “Tramadol” va 33 dona “Tropikomid” tabletkalarini şartli xaridorga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qölga olindi.

Mazkur dori vositasi asosiy manbasini aniqlaş va jinoyatga butunlay çek qöyiş maqsadida tezkor tadbir davom ettirilgan. Olingan ma'lumotga asosan, Toşkent tumani “Oltintepa” MFYda yaşovçi, 1894 yilda tuğilgan A.J.ning yaşaş xonadoni belgilangan tartibda xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Közdan keçiriş davomida 5 789 dona “Tramadol” va 8 640 dona “Selofen” kuçli ta'sir qiluvçi psixotrop dori vositalari saqlayotgani aniqlanib, daliliy aşyo sifatida hujjatlaştirib olingan.

Toşkent tumani IIB tezkor xodimlar tomonidan ötkazilgan tadbir natijasida, taxminiy bozor narxi 1 mlrd sömga teng bölgan jami 6 239 dona “Tramadol” dori vositasi va 8 640 dona “Selofen” hamda 33 dona “Tropikomid” kuçli ta'sir qiluvçi psixotrop dorilar daliliy aşyo sifatida olinib, beş nafar şaxs uşlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toşkent tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, yuqorida qayd etilgan şaxslar protsessual tartibida uşlangan.