«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan Buxoro davlat universiteti öqituvçisining ustoz şa'ni va maqomiga xos bölmagan xatti-harakatiga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi e'tibor qaratdi.
Örganişlardan söng, mazkur öqituvçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegişli moddasiga muvofiq bekor qilindi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi rahbariyati tizimda korrupsiyaning har qanday körinişi hamda manfaatlar töqnaşuviga nisbatan murosasiz munosabatda böladi va şu kunlarda oliy ta'lim tizimida korrupsiyaga qarşi «komplayens nazorat» tizimi joriy etilayotganini ma'lum qiladi», – deyiladi xabarda.
Xabarda şuningdek, jamoatçilik nazoratini amalga oşirgan ijtimoiy tarmoqlar vakillari va talabalarga minnatdorçilik bildirilgan hamda bu holat barça oliy ta'lim muassasalarida muhokama qilinişi bildirilgan.
Avvalroq, Buxoro davlat universiteti öqituvçisi 8 mart bayramida öziga 300 ming sömlik «juda arzon» sovğa bergan talabaga pöpisa qilgani haqida xabar berilgandi.

















