Bir paytlar uruşdan horib-çarçab, bölinib-soçilib yotgan Xitoy 1949 yilda hokimiyatga kelgan Mao Tszedun tomonidan birlaştirildi, yerlar boy zamindorlardan tortib olinib, 300 million dehqonga bölib berildi, sanoatlaşiş darajasi biroz ösdi, xalqning turmuş tarzida ijobiy tomonga siljiş böldi.

Biroq, 1952 yildan boşlab xalqning ustidan birin-ketin ötkazilgan kommunistik iqtisodiy tajribalar iqtisodiy inqirozga va oxir-oqibat ommaviy oçarçilikka olib keldi. Çunki bu tajribalar xalqning joniga asrlar davomida oro kirib kelgan bozor munosabatlari elementlariga qirğin keltirgan edi. Xususiy mulkçilikka qarşi kuraşiş qiziğida oilalardan hatto kiçkina tomorqalar va oddiy hunarmandçilik dastgohlari tortib olindi, xususiy tartibda oziq-ovqat mahsulotlari işlab-çiqariş man etildi.

Turli ma’lumotlarga köra, bu davrda 20 milliondan 43 milliongaça inson oçlikdan nobud bölgan.

1979 yilda (Mao Tszedunning ölimidan söng) «Islohot va oçiqlik siyosati» e’lon qilindi.

Xitoyni qiyin ahvoldan çiqarib olgan (va keyingi olamşumul rivojini ta’minlagan) bu siyosatning e’lon qilinişiga nima sabab böldi?

1978 yilning dekabr oyi. Xitoyning Anxuey viloyatidagi Syaogang nomli qişloq. Qişloqda 21ta oila yaşaydi. Boşqa qişloqlar kabi bu yerda ham oçarçilik hukm surmoqda. Şunda qişloq faollari tajriba ötkazişadi: jamoa bölib işlatilayotgan umumiy yerlarni öşa 21 oilaga bölib berişga qaror qilişadi – har oila öziga biriktirilgan yerida dehqonçilik qilişi uçun. Kiçkina qişloqda ötkazilgan mazkur kiçkina islohot yaxşi natija berdi. «Demak, yerni oilalarga bölib beriş yaxşi ekan», degan xulosaga kelindi.

Bu ijobiy natija xabari Pekinga – Xitoy kommunistik partiyasi rahbarlariga yetib bordi. 1979 yilda kompartiya rahbarlari örtasida turli fikr va qaraşlar töqnaşadi va natijada hamma narsani jamoalaştiriş, davlatlaştiriş siyosatidan çekinib, qişloqlarda oilaviy dehqon va hunarmandçilik xöjaliklarini tiklaş, şaxsiy manfaatdorlik omilini kuçaytiriş tarafdorlari ustun keladi – islohot ötkazişga qaror qilinadi. Çunki köçada oçarçilik hukm surayotgan edi.

Kiçkinagina Syaogang qişloği tajribasi dastlab Xitoyning bir viloyatida sinab körilib, yaxşi natijaga guvoh bölingandan keyin uni butun Xitoy miqyosida qöllaşga kirişiladi. Ortiqça şovqin kötarmasdan 180 million oilaga avvalida 1-3 yilga, keyin 50 yil va undan uzoq muddatga ijaraga yer ajratib beriladi. Bunaqa islohotga qarşi bölgan mahalliy rahbarlar esa işdan olindi. Çunki 180 million oila iqtisodiy faol qatlamga aylanayotgan edi. Aynan şu omil barçasidan yuqori qöyildi.