IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, Şahzod Q. Kamol D. bilan boğliq eski kelişmovçiliklarni eslab, jamoat joyida böla turib, uni turli uyatli sözlar bilan haqorat qilgan va qölidagi temir bölagi bilan boşi va tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazgan. Natijada, Kamol D. boş miya oçiq jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Uçtepa tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Şahzod Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangan.  

Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Jinoyat kodeksi normalariga köra, bu turdagi jinoyatlar uçun 300 soatdan 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanadi.