Quyi Çirçiqda kam ta'minlangan oilalarni uy-joy bilan ta'minlaş uçun ajratilgan binoni ta'mirlayotgan tadbirkorga hokimlik pul bermayotgani holati yuzasidan viloyat hokimi v.b. Davron Hidoyatov boşçiligida işçi guruhi tuzilib, içki tekşiruv boşlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Joriy yilning 15 mart kuni Kun.uz saytida «Quyi Çirçiqda muhtojlarga uy qurgan tadbirkorni «çuv tuşirişmoqçi». Hokimning «öyinçi» örinbosaridan kutilmagan munosabat» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilindi.
Unda kam ta'minlangan oilalar uçun uy-joy qurgan quruvçiga hokimlik va'da qilgan pul berilmayotgani, natijada aholi uysiz, qurilişda işlagan işçilar daromadsiz, tadbirkor esa inqiroz yoqasida qolayotgani haqida söz yuritilgan.
Oradan köp vaqt ötmay, mazkur holat yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. Unda viloyat hokimi v.b. Davron Hidoyatov boşçiligida işçi guruh tuzilib, içki tekşiruv boşlangani ma'lum qilingan.
«Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi v.b. Davron Hidoyatov boşçiligida işçi guruhi tuzilib, içki tekşiruv boşlandi. Suriştiruv yakuniga yetgaç, natijasi haqida qöşimça axborot beriladi.
Viloyatimizdagi muammolarga befarq bölmay, ularni yoritiş va yeçim topişda faollik körsatayotgan Kun.uz jamoasiga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz», deyiladi rasmiy bayonotda.












