Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy şaxslarga tegişli jami yengil avtomobillar soni 2 767 126tani taşkil etmoqda.
Ma'lum qilinişiça, har 100 nafar doimiy aholiga örtaça 8ta yengil avtomobil töğri kelmoqda.
Hududlar kesimida jismoniy şaxslarga tegişli yengil avtomobillar soni quyidagiça köriniş oldi:
- Toşkent şahri – 467 176ta;
- Samarqand viloyati – 323 586ta;
- Farğona viloyati – 276 558ta;
- Toşkent viloyati – 262 741ta;
- Qaşqadaryo viloyati – 223 733ta;
- Andijon viloyati – 192 944ta;
- Xorazm viloyati – 187 457ta;
- Buxoro viloyati – 180 478ta;
- Namangan viloyati – 180 367ta;
- Surxondaryo viloyati – 150 574ta;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi – 113 140ta;
- Navoiy viloyati – 75 039ta;
- Jizzax viloyati – 72 530ta;
- Sirdaryo viloyati – 60 803ta.

















