OAV vakillari iştirokidagi bu anjumanda köpçilik kutganidek asosiy savollar COVID-19’ga qarşi AstraZeneca vaksinasidan favqulodda vaziyatlarda foydalaniş böyiça böldi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev savollarga javob berarkan, Özbekiston faqat AstraZeneca vaksinasi bilan çeklanmasligini bildirdi.
“Özbekiston faqat AstraZeneca vaksinasi bilan çeklanib qolmaydi, jarayon davom etadi. Boşqa vaksinalar ham örganiladi va olib kelinadi. Har qanday vaksinani oliş va keltiriş juda murakkab jarayon. Köpçilikda AstraZeneca vaksinasi böyiça turli hadiklar bor. Lekin bir narsani unutmaslik kerak – heç kim majburlab emlanmaydi. Emlaniş ixtiyoriy.
Yana bir jihatga e'tiboringizni qaratmoqçiman, dunyoning heç bir davlatida AstraZeneca vaksinasidan voz keçilmagan, faqat qöllaş vaqtinça töxtatilgan holatlar bor. Çunki köp davlatlarda 65 yoşdan yuqorilar birinçi bölib emlandi, ularda turli asoratlar ehtimoli yuqori. Umuman, nafaqat koronavirus, balki barça kasalliklarga qarşi emlaşda asoratlar bölişi mumkin. Hozir ham juda köp kasalliklarga qarşi emlaş olib borilyapti, lekin ular heç kimni qiziqtirmaydi, çunki tizim yölga qöyilgan. Xuddi şunday, bu kasallikda ham tizimni yölga qöyib olsak, savollarga örin qolmaydi”, – deya Bahodir Yusupaliyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, YuNICeFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzoda 190 davlatning 98tasi vaksinani özi sotib olişi, qolganiga bepul berilişini ma'lum qilgandi.













