Çimboy tumanida maktab filiali binosini rekonstruksiya qiliş uçun ajratilgan mablağlar talon-toroj qilingani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Departamentning Çimboy tuman bölimi hamda DXX tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Çimboy tumani Xalq ta'limi bölimi va «B-N.» MÇJning mansabdor şaxslari tumandagi 6-sonli umumiy örta ta'lim maktabi filiali binosini rekonstruksiya qilişda amalda bajarilmagan quriliş-ta'mirlaş işlarini qöşib yoziş orqali 105,1 million söm budjet mablağlarini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Çimboy tumani Xalq ta'limi bölimi va jamiyat mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qiliş), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, Çimboyda kadastr hujjatlarini tayyorlab beraman deb, fuqarodan pul olgan mutaxassisga jinoyat işi qözğatilgandi.
















