Bugun Özbekistonda bir tendensiya avjida. MIB fuqarodan pul undirişi kerak bölsa qonunda belgilangan barça “resurs”larini işga soladi. Qarzdorning uyidagi yostiği-yu, ötirgan gilamigaça suğurib ketadi. Bordi-yu, qarzdor hokimlik bölsa-çi, unda qonunlar örnini bahonalar egallaydi. Bugungi hikoyamiz tadbirkorning sal kam 600 mln söm puli ana şu bahonalar sabab Jizzax viloyati Zafarobod tuman hokimligida osilib yotgani haqida böladi.

Hokimiyat boşqalardan qarz bölib qolganda, uni undiriş oson bölmasligi haqida eşitaverib, köraverib, bunga odatlanib ham qoldik. MIB atalmiş kuçi faqat fuqaro va tadbirkorlarga yetadigan taşkilot ham undiruv nuqtasi hokimlikka qadalganda işni «xalta-xurjun» qilib çözib yuraveradi.

Zafarobod tumani hokimligining 1 yildan beri Urgutdagi korxonaning pulini bermay kelayotganiga, MIBning Zafarobod tuman bölimi esa 6 oydan beri uni undirib bera olmayotganiga nima deb izoh beriş mumkin?!

Olarda kirar jonim, berarda çiqar jonim

Kun.uz’ga navbatdagi murojaat Urgut tumanida joylaşgan, özining gilamlari bilan maşhur «URGAZ CARPET» MÇJ korxonasi rahbariyatidan böldi. Murojaatda yozilişiça, mazkur korxona 2020 yil 14 martda Jizzax viloyati Zafarobod tuman hokimligi bilan şartnoma tuzib, ularga 588 million sömlik sun'iy çim qoplamalarini yetkazib bergan. Hokimlik olgan mahsulotining pulini 10 kunda tölaş haqida kafolat berib, mahsulotni olib ketgan. Ammo oradan 1 yildan ortiq vaqt ötgan bölsa ham korxona tumani hokimligidan bir söm ham pul olmagan.

Korxona rahbari Xurşid Lutfillayevning ma'lum qilişiça, öşanda Zafarobod tuman hokimligi Navröz bayramigaça stadionni tayyor holga keltiriş kerak deb qilgan iltimosi uçun, boşqa buyurtmalari yetarli bölganiga qaramasdan korxona ular bilan şartnoma tuzgan va sifatli mahsulot tayyorlab bergan. Hokimlik olgan mahsulotining pulini 10 kunda tölab beriş haqida kafolat xati bergan. Ammo, mana 1 yildirki tölov amalga oşirilmagan. Korxona vakillari 2020 yil sentyabrgaça ötgan 6 oy davomida Zafarobodga 4-5 marta borib ham pullarni undira olişmagan va oxiri Zafarobod tuman hokimligi ustidan iqtisodiy sudga da'vo arizasi kiritişga majbur bölgan.

Samarqand şahar iqtisodiy sudining 2020 yil 21 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan «URGAZ CARPET» MÇJning da'vosi töliq qanoatlantirilgan. Zafarobod tuman hokimligidan korxona foydasiga 588 million söm asosiy qarz va 11 mln 760 ming söm davlat boji undiriş belgilangan.