Xalq deputatlari Buxoro tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov iştirok etgan sessiyada taşkiliy masala körilgan. Tuman hokimi vazifasida işlab kelayotgan Halim Safarov lavozimidan ozod etilgan.

“Tan oliş kerak, tumanning oldingi rahbari Halimjon Safarov boşçiligida hududda qisqa muddatda keng qamrovli işlar amalga oşirildi. U bildirilgan işonçni oqlaş uçun fidoyilik bilan işladi, jonkuyarlik körsatdi. Uning rahbarligida barça sohalarda ösiş kuzatildi. Ammo keyingi paytda Halimjon Safarovning soğligi yomonlaşgani zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajariş imkoniyatini çeklab qöydi. U soğliği yomonlaşgani munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etişni sörab, ariza bilan murojaat qildi”, degan sessiyada sözga çiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov.

Şundan söng viloyat hokimi Halimjon Safarovni Buxoro tumani hokimi lavozimidan ozod etiş töğrisidagi qarorni öqib eşittirgan.

Şuningdek, sessiyada Oçilov Anvarjon Zubaydulloyeviç Buxoro tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. U bungaça Romitan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

(Anvarjon Oçilov)

Eslatib ötamiz, Halim Safarov 2023 yil 8 avgust kunidan Buxoro tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.

Şuningdek, Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi ham özgardi. Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga köra, bugun xalq deputatlari Zafarobod tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazilgan.

Jizzax viloyati hokimi Ergaş Saliyev sessiyada Zafarobod tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Ğayratjon Eşpölatovni taniştirgan.