Viloyat IIB ma’lum qilişiça, içki işlar organi xodimi oila a’zolarini uyiga olib keliş maqsadida Telegram messenjeridagi mahalla guruhiga taksi kerakligi haqida xabar joylaştirgan.
Mazkur guruhda bölgan, yölovçi taşiş bilan şuğullanuvçi 2007 yilda tuğilgan şaxs hamda probatsiya nazoratida jazo ötayotgan 1999 yilda tuğilgan mahalladoşi özaro kelişib, içki işlar organi xodimidan tovlamaçilik yöli bilan pul talab qilgan.
Ular suhbat çoğida xodimni işdan böşatiş bilan tahdid qilib, mavjud ovozli yozuvlarni içki işlar organi rahbariyatiga taqdim etmaslik evaziga 15 million söm, keyinçalik esa 12 million söm talab qilgan.
Xodim bu haqda rahbariyatga ma’lum qilganidan söng, Içki işlar vazirligi Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi hamda Jizzax viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida Zafarobod tumanida yaşovçi ikki şaxs talab qilingan pulni olayotgan paytda protsessual tartibda uşlangan.
Tekşiruvlarda aniqlanişiça, ular 6 va 8 oktyabr kunlari 102 xizmatiga murojaat qilib, içki işlar organi xodimi ularni haqorat qilganini bildirgan, biroq holat yuzasidan tuşuntiriş beriş uçun çaqiruvlarga javob bermagan.
Mazkur holat yuzasidan 18 va 26 yoşli fuqarolarga nisbatan Zafarobod tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatildi.

















