Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligining Farğona viloyati hududiy boşqarmasi mutaxassislari şahar va tuman hududlarida 1XBET bukmekerlik idorasining taşqi reklamalarini olib taşlamoqda. Bu qonunçilikka zid ekani ta'kidlangan.
Ma'lum qilinişiça, Jinoyat kodeksining 278-moddasida qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkazişga doir qat'iy talablar belgilangan hamda «Reklama töğrisida»gi qonunning 6-moddasida işlab çiqarilişi yoki realizatsiya qilinişi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot töğrisida axborot tarqatiş mumkin emas.
Agentlikning Farğona viloyati hududiy boşqarmasi taqiqlangan reklamalarni joylarda bartaraf etişda amaliy kömak sörab Farğona viloyati IIB hamda viloyat Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasiga xat yuborgan, mazkur soha bilan şuğullanayotgan fuqarolarga ogohlantiriş va tuşuntirişlar berilgan. Tavakkalçilikka asoslangan öyinlarni tarğib qiluvçi reklama bannerlari esa olib taşlangan.











