Koronavirus: Toshkentda bir kunda 99 kishida koronavirus aniqlandi
18 mart kuni O‘zbekistonning 8 hududida 124 kishida koronavirus aniqlandi. O‘tgan kun davomida Toshkentda 99 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
18 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 nafarga oshib, 81 ming 95 nafarni tashkil etmoqda.
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 5 nafari Buxoro viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 13 nafari Toshkent viloyatida,
- 99 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Qayd etish kerakki, bu 2020 yil dekabridan buyon kunlik o‘sish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich. Shuningdek, bir kunda respublikaning 8 hududida yangi kasallanish holatlari qayd etilishi fevral oyi o‘rtalaridan beri kuzatilmagandi.
Kecha kun davomida respublikaning besh hududida jami 98 bemor kasallikdan tuzatib chiqqan va jami tuzalganlar soni 79 ming 631 nafarga yetgan.
- Andijon viloyatida 7 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
- Xorazm viloyatida 5 nafar,
- Toshkent viloyatida 7 nafar,
- Toshkent shahrida 78 nafar.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 842 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi
Jahon | 07:29
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
Mavzuga oid

11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi

10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi

11:15 / 02.12.2022