Oliy sud, Boş prokuratura hamda bir qator vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat işçi guruhning Navoiy viloyatidagi sayyor qabullari boşlandi. Dastlabki qabul keça, 18 mart kuni Zarafşon şahrida ötkazildi. Unda Zarafşon şahri, Uçquduq va Tomdi tumanlari fuqarolarining murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda 79 nafar fuqaro sud-huquq sohasida murojaat qilgan. Qabul qilingan murojaatlarning 21 tasi jinoyat, 26 tasi fuqarolik,  8 tasi ma'muriy hamda 4 tasi esa  iqtisodiy işlar böyiça sudlarga oid bölgan. 


 
Murojaatlarning 27 tasi joyida hal etilib, 52 tasi böyiça huquqiy tuşuntirişlar berilgan. 3 ta murojaat böyiça arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qiliş uçun qabul qilingan. Ta'kidlanişiça, uşbu murojaatlarning barçasi qanoatlantirilib, tegişli sudlov xay'atiga körib çiqiş uçun ötkazildi.

Sayyor qabulda jinoyat işlari böyiça Zarafşon şahar sudi tomonidan 8 nafar şaxs jazoni ötaşda muddatidan oldin şartli ozod qilingan, 5 nafar mahkumning jazosi yengilroğiga almaştirilgan. Jinoyat işlari böyiça Tomdi tuman sudi tomonidan esa 3 nafar mahkum muddatidan ilgari şartli ozod qilingan.

Zarafşon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan sayyor qabul arafasida 5 ta iqtisodiy iş mazmunan körilgan edi. Şundan 3 ta iş böyiça tadbirkorlar foydasiga jami 24 million 412 ming söm undirilgan bölsa, tadbirkorga nisbatan asossiz kiritilgan 51,4 million sömlik 2 ta iş qanoatlantirişdan rad qilinib, tadbirkorning huquqlari sud tomonidan himoya qilindi.