2020 yil dekabrda iş boşlagan «Yevro Global Invest» korxonasi yirik yiğma temir-beton panellari tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Loyihaning umumiy qiymati 40 million yevro. 7 gektarlik işlab çiqariş maydoniga Italiya, Germaniya va Avstriyadan zamonaviy liniyalar keltirib örnatilgan.

«Korxona mahsulotlari jahon standartlariga mos, zilzilabardoşligi yuqori. Mazkur quriliş materiallari işlatilgan uylar tannarxi boşqalarga nisbatan 30 foiz arzon böladi. Mahsulotlar rangli qilib tayyorlanişi ham mumkin.

Klaster usulidagi korxona yiliga 500 ming kub metr beton mahsulotlar işlab çiqariş, 1 million tonna toş maydalaş, yana şunça asfalt tayyorlaş quvvatiga ega. Bu yerda şuningdek, içki va taşqi eşiklar, deraza romlari, mebellar ham yasalmoqda», – deyiladi xabarda.

Davlat rahbari materiallar işlab çiqariş va qurilişning töliq «zanjiri»ni taşkil etib, uy-joylar narxini arzonlaştiriş, köproq yoşlarni işga jalb etiş zarurligini ta'kidladi.

Korxonada ayni paytda 850 nafar işçi mehnat qiladi. Yil yakunigaça iş örinlarini 1 500 taga yetkaziş rejalaştirilgan.

Şu yerda 2021-2022 yillarda Toşkent viloyatida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti ötkazildi.