Joriy yilning 14 mart kuni tumanning Bordimköl mahallasida yaşovçi şaxs sobiq qaynotasining qotiliga aylanib, marhum yaşagan xonadonni yoqib yuborgan.
Aniqlanişiça, muqaddam ikki bor sudlangan, 27 yoşli fuqaro sobiq turmuş örtoği farzandi uçun aliment talab qilganidan ğazablanib, yarim tunda uning uyiga mingbuloqlik, muqaddam sudlangan 37 yoşli şerigi bilan bostirib borgan. Uyda bölgan sobiq qaynotasi, 1972 yilda tuğilgan I. Q. bilan özaro janjallaşib, şerigi bilan uning boş qismiga bir neça bor piçoq bilan urib, qasddan öldirgan.
Bu voqeaga guvoh bölib qolgan sobiq qaynukasining oyoq-qölini boğlab, dadasiga tegişli Damas avtomaşinasiga solib olib qoçadi va uyni esa benzin bilan yoqib yuborgan.
Yonğin natijasida jinoyatçi kuyovning yuzi va qöli kuyib jarohatlangan, uni şifokorga körsatiş uçun tuman tibbiyot markaziga borib, şifokor oldiga kirib ketganida sobiq qaynukasi qoçib ketgan va holat böyiça içki işlar idorasiga xabar bergan.
Hozirda jinoyatçi va uning şerigi qölga olingan bölib, tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tuman madaniyat markazida uşbu jinoyatni tahlil etişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Unda iştirok etgan viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov hodisaning sodir bölişi sababini mahalla bilan profilaktika inspektorining hamkorligi yetarli bölmaganligida, deb baholadi.
«Bir hafta şu ikki oila örtasida janjal bölgan, mahalla boşiyam, profilaktika inspektori ham voqeadan bexabar. Borib keliştirib qöymagan, jinoyatning oldini olmagan. Bu muhokamadan nima foyda endi, öladigan ölib ketdi. Namanganning «donği» ketdi yana Toşkentga», — dedi hokim.











