«Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat Qonunçilik palatasi tomonidan 2020 yil 15 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 19 dekabrda ma'qullangan «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun 13-moddasi ijrosini ta'minlaş maqsadida işlab çiqilgan.
Jumladan, 13-modda 2019 yil 2 iyulda qabul qilingan «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunning quyidagi mazmundagi 27-1-modda bilan töldirilişiga boğliq:
«Mulkdor va (yoki) operator Özbekiston fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda işlov berişda, şu jumladan internet jahon axborot tarmoğida işlov berişda ularning jisman Özbekiston hududida joylaşgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazilgan şaxsga doir ma'lumotlar bazalarida yiğilişini, tizimlaştirilişini va saqlanişini ta'minlaşi şart».
Mazkur qonun talabidan kelib çiqib, Jinoyat kodeksining 141-2-moddasiga hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 46-2-moddasiga şaxsga doir ma'lumotlar töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişi masalasida özgartiriş kiritilmoqda.
Qonun ijrosini ta'minlaş maqsadida, xorijiy mamlakatlar (Rossiya Federatsiyasi va Qozoğiston) ma'muriy va jinoyat qonunçiligi örganilgani aytiladi.
Bildirilişiça, bugungi kunga kelib ommaviy kommunikatsiyalar rivojlanişi bilan ijtimoiy tarmoq va internet saytlarida şaxsning şaxsiy va oilaviy siriga oid ma'lumotlar uning roziligisiz olinişi, tarqatilişiga sabab bölmoqda. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarida şaxsga doir ma'lumotlardan (fotosuratlar, ism-şarif, lavozim va hokazo) uning roziligisiz foydalaniş, tarqatiş holatlari ham köpaygan. Köpçilik internet foydalanuvçilari öz şaxsiy hayotiga, şaxsiga oid ma'lumotlar tarqalişiga oid huquqbuzarlikdan jabr körib qolmoqda.
Yangi tartib örnatilişi jismoniy va yuridik şaxslarga insonning şaxsiy hayoti, uning şaxsiga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravişda oliş, qayta işlaş, saqlaş, tarqatişdan javobgarlik tahdidi tufayli tiyiliş va umuman unga doir ma'lumotlar bilan qonuniy işlaş samaradorligini oşirilişiga xizmat qilişi aytiladi.














