Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniya prezidenti lavozimini ilk bor ayol kishi egalladi
Tanzaniya tarixida mamlakatni ilk bor ayol kishi boshqaradi. Mamlakat prezidenti Jon Magufuli 61 yoshida vafot etgandan keyin uning o‘rnini vitse-prezident Samiya Suluhu Hasan egalladi.
19 mart kuni Hasanning qasamyod keltirishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Men, Samiya Suluhu Hasan, halol bo‘lishga, Tanzaniya konstitutsiyasiga amal qilishga va uni himoyalashga va'da beraman”, deb aytgan Hasan qasamyod keltirish vaqtida.
17 mart kuni Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli 61 yoshida vafot etdi. U prezident lavozimini 2015 yildan egallab kelgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Magufulining o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Biroq Financial Times nashrining ma'lum qilishicha, Tanzaniya prezidenti koronavirusga chalinib, fevral oxirlaridan omma oldida ko‘rinmay qo‘ygan. U dastlab Kongoda, keyin esa Hindistonda davolangan.
Magufuli Afrikaning koronavirusga shubha bilan qarovchi yetakchilaridan biri bo‘lgan. U kasallikni davolashning ilmiy usullarini inkor etgan.
Mavzuga oid
18:59 / 02.11.2025
Tanzaniyada saylovdan keyingi tartibsizliklar: yuzlab odamlar halok bo‘lgani aytilmoqda
21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi
23:21 / 09.09.2024
Tanzaniyada o‘g‘irlab ketilgan muxolifat vakili o‘lik holda topildi. Uning yuziga kislota sepilgan
01:03 / 02.11.2023