AQŞ prezidenti Jo Bayden Navröz bayrami munosabati bilan tabrigini e'lon qildi.

U bayram tabrigida dunyo koronavirus pandemiyasi fonida qiyin davrni boşidan keçirgani, lekin yaxşi kunlarga yaqin qolganini qayd etgan.

U Navröz bayrami Erondan Markaziy Osiyo mamlakatlarigaça, Yaqin şarqdan Yevropagaça dunyoning köplab davlatlarida nişonlanişini e'tirof etgan.

AQŞ prezidentining sözlariga köra, koronavirus pandemiyasi sababli bayramlar ham raqamli şaklda nişonlanmoqda.

«Barça oğriqlar va yöqotişlardan söng bizni oldinda yaxşi kunlar kutib turganini eslaşimiz lozim», - deyiladi Jo Baydenning tabrigida.

Avvalroq Jo Bayden Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Navröz bilan tabriklagandi.

«Hurmatli Prezident janoblari! Sizga va Özbekiston xalqiga Navröz tinç, baxtli va farovon bölişini tilamoqçiman.

Afğonistonda uruşga çek qöyadigan, barqaror va diplomatik yeçimni ta'minlaydigan tinçlik jarayonini qöllab-quvvatlaş borasidagi birgalikdagi işlarimizda Navröz bayrami tinçlik nihoyatda muhim ne'mat ekanini eslatib turadi.

Joriy yilda Özbekiston mustaqilligiga 30 yil töladi. Keyingi yillarda Siz muhim islohotlarni amalga oşirdingiz va mening Administratsiyam bu muvaffaqiyatni davom ettiriş uçun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilişga tayyor», deyilgan jumladan tabrik maktubida.