Somsani tayyorlaş jarayoni hali xöroz qiçqirmasdan, tong saharlab boşlanar ekan. Dastlab, masalliqlari tayyorlanadi, xamir qoriladi.

Somsalarning turlari ularga qöşiladigan masalliqlarga qarab ajratiladi. Odatda, piyoz, göşt va yoğ qöşiladi. Masalliqlar tarozida tortilib taqsimlanadi. Eng katta somsaga yarim klogramm tayyor masalliq tortib solinadi.

Somsalar tayyor bölgunça, tandir qizdirib olinadi. Bir tandirga örtaça 250-300ta somsa siğadi. Bir soat davomida qizdirilgan tandirga birin-ketin somsalar yopila boşlandi.

Suhbat davomida somsapazlardan nima uçun «çinni somsa» deb atalişi haqida söradik. «Somsaning kattaligi va çinni kosaga solib berilişi tufayli xalq orasida şunday nom qozongan», — deydi Abdumuxtor Jumaboyev.

Uşbu milliy pişiriqning öziga xos xususiyatlaridan biri — uni har qanday tandirga yopib bölmaydi. Negaki, boşqa tandirlarda yarim kilo toş bosuvçi somsa yopişmaydi yoki tandirdan uzilib tuşib ketadi.

Tayyor bölgan somsalar esa 7 ming sömdan 21 ming sömgaça sotiladi. Marhamatga kelsangiz, siz ham albatta bir donasi qorinni töydiradigan «çinni somsa»dan tatib köring.

Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri