Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Vazirlar Mahkamasining “Iste'molchilarning elektr tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Tadbirkorlik sub'yektlarining elektr tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish orqali yanada takomillashtirish maqsad qilingan.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma'muriy reglamenti tasdiqlanadi va 2021 yil 1 avgustdan boshlab kuchga kiritiladi:
- iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun murojaatlar shakllantirish va yuborish tartibi;
- iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqish va tayyor holda topshirish shartnomasi loyihalarini taqdim etish tartibi;
- quvvati 50 kVt.gacha bo‘lgan iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi;
- quvvati 50 kVt.dan yuqori bo‘lgan iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi.
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma'muriy reglamentiga muvofiq:
- iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bosqichlari ulangan quvvati 50 kVt.gacha bo‘lgan iste'molchilarda to‘rttadan bittaga va 50 kVt.dan yuqori iste'molchilarda to‘rttadan ikkitaga tushirilgan;
- ulangan quvvati 50 kVt.gacha bo‘lgan iste'molchilarni tarmoqqa ulash uchun “oferta” imzolash orqali bir martalik to‘lovni amalga oshirish mexanizmi joriy etilgan;
- iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulashning barcha bosqichlari to‘liq raqamlashtirilgan holda “Elektr” dasturiy ta'minoti (onlayn platforma) hamda davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oshiriladi;
- onlayn platformani ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun mahalliy dasturchilar, shu jumladan, “IT Park Uzbekistan” rezidentlari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Belgilanishicha:
- 2021 yil 1 avgustga qadar iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali tuzilgan shartnomalar bo‘yicha faqat boshlang‘ich to‘lovi o‘tkazilgan yoki tegishli qurilish va loyihalash ishlari boshlangan obektlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma'muriy reglamentga muvofiq elektr tarmoqlariga ulanishi ta'minlanadi;
- 2021 yil 1 avgustdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash reglamentga muvofiq davlat xizmatlari markazlari, YaIDXP va onlayn platforma orqali amalga oshiriladi;
- O‘zbekiston davlat budjetidan moliyalashtiriladigan yangi iste'molchilarni tarmoqqa ulash uchun bir martalik to‘lov budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
20:17 / 09.01.2026
“Bu – milliy qadriyatning bir qismi” – vazir Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi
10:30 / 09.12.2025
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘rnida Boshqaruv samaradorligi agentligi tuzildi
23:23 / 29.11.2025