Rossiyalik şifokor-nevrolog Yevgeniy Sokovning fikriça, uyqu uçun eng foydali holat bu öng yonboş bilan yotiş hisoblanadi. Şuningdek, uyqu vaqtida gavdaning notöğri holatlari umumiy ahvol yomonlaşişiga olib keladi.
Uning ta'kidlaşiça, uyqu uçun eng ideal holat yonboş bilan yotiş hisoblanadi. Şifokor bunda öng yonboş bilan yotib, qöl-oyoqlarni biroz bukişni tavsiya qilgan.
“Siz çap yonboş bilan yotganingizda yuragingiz umurtqa va kökrak qafasi oraliği hamda öpkaning bosişidan zöriqiş his qiladi”, deb ta'kidlab ötgan mutaxassis.
Bundan taşqari, qorin bilan yotişdan ham qoçiş kerak, çunki bu holatda odam boşini yon tomonga bukib yotadi. Bu esa miyani qon bilan ta'minlovçi böyindagi arteriya va vena tomirlarining buralişiga olib keladi.
Çalqança yotişga kelsak, nevrologning aytişiça, bu yaxşi holat, biroq eng yaxşisi emas.
“Odam qöl-oyoqlari töğri, çözilgan holda yotganda, bu fiziologik jihatdan nomaqbul hisoblanadi. Bunday holatdagi uyquda til böşaşib, tomoqning orqa devoriga siljişi va nafas olişni jiddiy qiyinlaştirişi mumkin”, deb tuşuntirgan mutaxassis.
U, şuningdek, juda yumşoq, yupqa yoki baland yostiqda yoxud usiz uxlaş uyqu uçun nomaqbul ekanini qöşimça qilgan.
“Yostiqning qattiqligi va balandligi şunday bölişi kerakki, umurtqaning böyin, bel, kökrak qismi va boşga bir tekislikda böliş imkonini berişi lozim”, deb tavsiya qilgan Sokov.
Şifokor öz sözlari yakunida uyqu davomiyligi iş kuni yoki dam oliş kuni bölişidan qat'i nazar, 7 soatdan kam bölmasligi kerakligini uqtirib ötgan. “Uyqu uçun eng maqbul vaqt esa keçki soat 10dan tonggi soat 6gaça”, deb qöşimça qilgan mutaxassis.












