19 mart kuni Xorazm viloyati, Şovot tumanida 35-sonli davlat maktabgaça ta'lim taşkilotining (DMTT) tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.
Tadbirdan olingan fotosuratlardan biri ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab böldi. Unda kiçik yoşdagi bolalar yupqa kiyimlarda tuman hokimi Hakimboy Otaxonov va boşqa iştirokçilar oldida raqs tuşgani aks ettirilgan. Sovuq ob-havo şaroitida bolalarning yupun holda tadbirga jalb etilgani odamlarning e'tiroziga sabab bölgan.
Xorazm viloyati Maktabgaça ta'lim boşqarmasi (MTB) xabariga köra, raqs tuşgunga qadar bolalarning egnida issiq kiyimlari, kurtkalari bölgan. Raqs boşlanişidan oldin ular kurtkalarini yeçişgan. Raqs tugagaç, yana kiyib olişgan. Bundan taşqari, 19 mart kuni havo harorati 18-20 daraja iliq bölgan.
MTB tomonidan turli tadbirlarni karantin talablariga rioya qilmagan holda taşkil etiş mumkin emasligi haqida viloyatdagi barça MTT direktorlari va xodimlari ogohlantirilgan. Ammo 35-sonli DMTT xodimlari bunga amal qilmagan.
MTB Şovot tumanidagi tadbirga bolalarni jalb qilib, karantin talablariga rioya qilmasdan, ularning yupqa kiyimda tadbirda raqs tuşişiga imkoniyat yaratib bergan xodimlarga tegişli tartibda intizomiy jazo çoralari körilişini ma'lum qildi.












