Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatda karantin rejimi 18 aprelgaça uzaytirilişini e'lon qildi. Şuningdek, aprel boşiga töğri keladigan Pasxa bayramiga çeklovlar kuçaytiriladi.
Germaniyada karantin 2020 yil noyabrida kiritilgandi, 16 dekabrdan esa çeklovlar qat'iylaştirilgandi.
“Hozirda biz juda jiddiy vaziyatda qolmoqdamiz. Koronavirus mutatsiyalari jiddiy xavf bölib qolmoqda”, deb aytgan Merkel.
Karantinning uzaytirilişi Pasxa bayramida virusning tarqalişi xavfini kamaytirişi kutilmoqda.
Bavariya boş vaziri Markus Zeder uşbu qarorni “Pasxa lokdauni” deb atagan. Kox institutida Germaniyada virus tobora jadal tarqalayotgani va mamlakatga pandemiyaning uçinçi tölqini yopirilayotgani aytilgan. Hukumat virusning yuqumliroq britança ştammi tarqalişidan ayniqsa xavotirlanmoqda. Emlaşdagi muammolar ortida hukumat faqatgina vaksinalarga tayanib qolmay, çeklovlar kiritişga qaytmoqda.
1 apreldan 5 aprelgaça mamlakatda deyarli barça dökonlar yopiladi. Diniy xizmatlar onlayn-rejimga ötkaziladi. 3 aprel kuni faqat oziq-ovqat dökonlari işlaydi. Bundan taşqari, 3 kun davomida kunlik kasallaniş darajasi 100 ming kişiga 100 kasallangandan oşadigan hududlarda qat'iyroq çeklovlar kiritiladi.
Merkel, şuningdek, ayni vaqtda xorijiy safarlar qat'iyan tavsiya qilinmasligini aytgan.
Ayni vaqtda Germaniyada qişdagidan köra yengilroq karantin amal qilmoqda. Mart boşidan çeklovlar yengillaştirila boşlagandi. Hozirda maktablar, bolalar boğçalari, sartaroşxonalar, gözallik salonlari, gul va kitob dökonlari faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatda yanvar va fevral oylarida kasallaniş darajasi pasaya boşlagandi. Biroq virus aholi orasida tez tarqala boşlagan va mart oyidan körsatkiçlar yana ösgan.
22 mart kunidan restoranlar terrasalari, kinoteatr va teatrlarni oçiş möljallangandi, biroq endi bu rejalar keyinga qoldirilmoqda.
Avvalroq Yevropa davlatlarida çeklovlarning töliq bekor qilinişi yoz oxiridan oldin yuz bermasligi mumkinligi ma'lum qilingandi.












