Rossiya Davlat dumasi 24 mart kuni Konstitutsiyaga kiritiladigan özgartişlarni qonunga moslovçi özgarişlarni uçinçi öqişda qabul qildi. Özgarişlar, jumladan, amaldagi prezident Vladimir Putinga yana ikki bor prezidentlikka nomzodini körsata oliş huquqini beradi.

Qonun loyihasiga binoan, prezidentlik lavozimini ikki martadan köp egallaş mumkin emas. Biroq bu «Konstitutsiyaga özgartişlar kiritilguniga qadar amalda bölgan davlat rahbariga tatbiq etilmaydi».

Prezidentlik muddatlari haqidagi taşabbus mualliflari «Yedinaya Rossiya» partiyasi a'zolari Pavel Kraşeninikov va Olga Savastyanova hamda senator Andrey Klişas bölişdi. Putin 2020 yil dekabrida bölib ötgan matbuot anjumanida 2024 yilda yana nomzodini qöyiş-qöymasligi haqida bir qarorga kelmaganini aytgandi.

Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasiga özgartiş kiritiş

Rossiya Davlat dumasi Konstitutsiyaga  özgartiş kiritiş haqidagi qonun loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi. Özgartişlar Asosiy qonunning 22-moddasiga taalluqli bölib, jumladan, Rossiya Federatsiyasi hukumatiga xalqaro taşkilotlarning qarorlarini bajarmaslik huquqini beriş va davlat xizmatçilariga çeklovlarni köpaytirişni nazarda tutadi.

Rossiya markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, Konstitutsiyaga özgartişlar kiritiş haqidagi referendumda saylovçilarning 77,92 foizi bu özgarişni yoqlagan, 21,27 foizi qarşi ovoz bergan.