Prezidentning “Yerdan foydalaniş töğrisidagi qonun hujjatlariga qat'iy rioya etilişini ta'minlaş hamda bu sohada davlat nazoratini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Yerdan foydalaniş hamda şaharsozlik töğrisidagi qonun hujjatlariga qat'iy rioya etilişini ta'minlaşda vakolatli davlat organlari va taşkilotlari mas'uliyatini yanada oşiriş maqsad qilingan.

Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligiga quyidagi qöşimça huquqlar beriladi:

yerlardan foydalaniş töğrisidagi qonun hujjatlariga sözsiz rioya etilişini monitoring qiliş;

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning xöjalik içidagi yer tuziş loyihalaridan özboşimçalik bilan çetga çiqiş, özboşimçalik bilan egallab olingan öz hududiga tutaş va tutaş bölmagan yer maydonlarida quriliş işlarini amalga oşirganlik yuzasidan ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş.

Belgilanişiça:

  • 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab yengil qurilmalarga, köçmas mulk obektlariga, şu jumladan qurilişi tugallanmagan bino va inşootlarga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş bilan birga, köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarning davlat reyestri bilan integratsiyalaşgan matritsali ştrix kod (QR-kod) biriktirilişi;
  • 2021 yil 1 avgustdan boşlab yangi ajratilgan yer uçastkasi yoki qurilgan (qurilişi tugallanmagan) boşqa köçmas mulk obektining fasad qismida ularning egalari tomonidan QR-kod joylaştirilişi;
  • 2021 yil 1 avgustga qadar barça yer fondi uçastkalari, bino va inşootlar, şu jumladan yengil qurilmalar xatlovdan ötkazilib, davlat reyestriga QR-kod orqali biriktirilişi;
  • 2021 yil 1 sentyabrga qadar barça yer uçastkalarida yoki ularda joylaşgan bino va inşootlarning fasad qismida töliq QR-kod joylaştirilişi ta'minlanadi.

QR-kodda yer uçastkasini ajratiş böyiça ruxsat beruvçi hujjat (bayonnoma)dan köçirma, quriliş (joylaştiriş) obekti toifasi, yer uçastkasidan foydalaniş huquqi va boşqa zarur ma'lumotlar aks ettiriladi.

Belgilanişiça, agentlikning tuman (şahar) bölinmasi:

  • yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallaş hamda tegişli ruxsat beruvçi hujjatlarda belgilanganidan ortiqça yerdan foydalaniş holatlari yuzasidan uşbu obektga kiriş uçun vaqtinça çeklaş böyiça dalolatnoma tuzadi va zarur hollarda uning atrofini töliq lenta bilan örab oladi;