«Kulolçilikni jadal rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2021–2023 yillarda kulolçilik mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş böyiça istiqbolli rejalar tasdiqlandi.

Belgilanişiça, joriy yilda 5 400 dona mahsulot işlab çiqariş nazarda tutilgan.

Şuningdek, yangidan taşkil etiladigan kulolçilik markazlaridagi turar va noturar joylar uçun mol-mulk va yer soliği stavkalari ularga nisbatan mulk huquqi kulollarga berilgan oydan boşlab uç yil davomida 50 foiz miqdorida örnatiladi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida hunarmandçilik uçun Markaziy bankning asosiy stavkasida 500 milliard söm miqdorida kredit ajratiladi.

2021 yil 1 aprelgaça usta-şogird an'analari asosida yoşlarga hunar örgatayotgan kulollarga şogirdlar tayyorlaşi, zarur xomaşyo sotib olişi va şogirdlarni iş haqi bilan ta'minlaşi uçun subsidiyalar ajratiş tartibi joriy etiladi. 

Xalqaro aeroportlar «Duty free» hududlarida va temir yöl vokzallarida kulolçilik va boşqa turdagi hunarmandçilik mahsulotlari savdosi uçun maxsus joylar ajratiladi.

Bundan taşqari, vazirlik, idoralar, tijorat banklari hamda davlat korxonalari 2022 yil 1 sentyabrgaça kulollar bilan töğridan töğri şartnoma tuziş orqali kulolçilik mahsulotlarini xarid qilişi mumkin.