Abdulla Narzullayev maşhur kulolçilar sulolasining oltinçi vakili. Uning ota-bobolari ham uşbu kasb bilan şuğullangan. Bugun kulolning xonadoni, u yerda taşkil qilingan muzey va mehmon uyi 3 ta milliy hunarmandçilik – kaştaçilik, gilamdözlik va kulolçilik markazlari uyğunlaşgan hunarmandçilik akademiyasiga öxşaydi.

Kulolning opasi Mavluda Narzullayeva va oila bekasi Gulbahor Narzullayeva kaştadözlik bilan, kelini Zarina Ötkirova gilamdözlik, öğli Akmaljon Narzullayev esa kulolçilik bilan şuğullanadi.

Abdulla Narzullayevning ma'lum qilişiça, oilaning milliy kulolçilik muzey majmuasi xalqaro sayyohlik marşrutiga kiritilgan. Turli davlatlardan kelgan sayyohlar xonadonga taşrif buyurib, hunarmandçilik mahsulotlari, iş jarayoni va sulola tarixi bilan tanişadi.

“Bizning asosiy maqsadimiz hunarlarimizda an'anani saqlab qoliş. Şuning uçun har uçala hunarda ham mahalliy xomaşyodan foydalanamiz va mahalliy uslubda işlaymiz. Ota-bobolarimiz ham asrlar mobaynida xuddi şu kabi kulolçilik çarxlarida işlab kelganlar. Ular mana şunday tegirmonlarda sir tayyorlaganlar, şu kabi xumdonlarda öz asarlarini pişirib olganlar. Tuproqni Ğijduvon atrofidan olamiz. Soz tuproqni borib özimiz tanlaymiz. Otam rahmatli bizga örgatgan edilarki, kesakni oçib quyoşga qaratganda uning qumi bölmasligi kerak. Ikkinçi belgisi esa kesakning içida ğovaklari bölsa, demak u soz tuproq. Albatta, uni tanlab olgandan keyin ustaxonaga olib kelib, har bir yangi tuproq bilan tajribalar qilamiz. Çunki har bir tuproqning öz xarakteri bor”, — deydi Abdulla Narzullayev.