Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Kattaboğ qişloğida «Yangiariq kulolçilik markazi» faoliyat yuritmoqda. Markazda bir neça işlab çiqariş sexlari bor. Ularda 8 nafar usta-kulol şogirdlari bilan mehnat qilmoqda.

Odilbek Rahimov kulollar sulolasining oltinçi avlodidir. Kulolçilik unga ota-bobolaridan meros kasb. Usta-kulol 45 yildan beri şu iş bilan şuğullanadi. U yasagan kulolçilik mahsulotlari bir neça tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritgan. Usta-kulol bir qança faxriy yorliqlar, mukofotlar bilan taqdirlangan.
«12 yoşimdan kulolçilik bilan şuğullanib kelaman, çunki bu - ota kasbi. Koşin, sopol idişlar, katta xumlarni yasaymiz. Zangori kulolçilik bilan şuğullanamiz. Ustozim - Özbekiston xalq ustasi Sulton Otajonov. Undan şu kasbning sirlarini örgandim», - deydi Odilbek Rahimov.

Kulolçilik mahsulotlarini yasaş – oson iş emas. U bir neça bosqiçli murakkab jarayonlarni öz içiga oladi.
«Kulolçilik mahsulotlarini yasaş uçun sof tuproqdan foydalanamiz. Oqib turgan ariqning tagidan tuproq olib, quritib, qaytadan işlov berib, idiş-tovoq yasaş holatiga keltiramiz. 1ta mahsulot tayyor bölişi uçun 15-20 marta qöldan ötadi.
Loydan yasalgan buyumlar bir kun davomida quritilib, naqş beriş jarayoniga tayyorlanadi. Ustidan «angob» - oq loyning yupqa qatlami suriladi. Söngra, 3-4 soat davomida quritiladi va naqş jarayoniga ötiladi.

Naqş çizişda heç qanday trafaret işlatilmaydi. Hammasi öylanib, ijod qilinadi. Naqş usti şişa bilan sirlanadi. Rang berişda zangori misdan, kobaltdan foydalanamiz. Mis xumdonda kuydirilib, tepkilanib tayyorlanadi. Kobalt esa Rossiyadan eksport qilinadi.
Har bir idişning pişib, yetiliş holati böladi. Masalan, sopol idişlar, tovoqlar 1050 – 1100 daraja, katta xumlar 1200 daraja haroratda pişadi. Tayyor bölgaç, özi sovigunça xumdonda 3 kun turadi. 1ta mahsulotni tayyorlaşga 4-5 kun vaqt ketadi», - deydi usta.

Hozirgi vaqtda «Kulolçilik markazi»ning sopol mahsulotlari katta-kiçikligiga qarab, 10 ming sömdan 250-300 ming söm atrofida, katta xumlar esa 500-600 ming sömga sotilmoqda. Pandemiya sababli, mahsulotlar faqat içki bozorga yetkazilyapti.

















