IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan. Yonğin natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yöq. Yonğindan avtomobilning ma'lum qismi zararlangan.

Hodisa yuzasidan Yaşnobod tumani FVB va IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilib, yonğin sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

“Barça haydovçilardan transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bölişni, avtomobildagi elektron moslamalarni mutaxassislar nazoratidan öz vaqtida körikdan ötkazib turişni söraymiz”, deyiladi ma'lumotda.