Moliya vazirligi e'lon qilgan «Fuqarolar uçun budjet» naşrida 2021 yilda iqtisodiyot bosqiçma-bosqiç tiklanişi, konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligi 37,5 trillion sömni yoki YaIMga nisbatan 5,4 foizni taşkil etişi keltirilgan.

Qayd etilişiça, joriy yildan boşlab xalqaro standartlar asosida taşqi qarz hisobiga davlat dasturlarini amalga oşiriş xarajatlari respublikaning konsolidatsiyalaşgan budjeti tarkibiga kiritilmoqda.

Vazirlikka köra, budjet taqçilligini qoplaş (37,5 trillion söm) hamda 7,8 trillion söm miqdoridagi davlat qarzining asosiy qismini söndiriş uçun 3 ta manbadan foydalaniladi.

Taşqi manba:

  • xalqaro moliya institutlarining kreditlari – 9,4 trillion söm;
  • yevroobligatsiyalar – 9,3 trillion söm;
  • davlat maqsadli dasturlarini amalga oşiriş uçun qarzlar – 12,1 trillion söm.

Içki manba:

  • davlat ğaznaçilik obligatsiyalarini çiqariş – 5 trillion söm.

Yil boşidagi mablağlar qoldiği:

  • Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi – 8,1 trillion söm;
  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari – 1,4 trillion söm.

Ma'lum qilinişiça, 2020 yildan boşlab davlat qarzini (asosiy qarzni) söndiriş davlat budjeti xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi. Qarzdorlik asosiy summasini söndiriş budjet taqçilligini moliyalaştiriş manbalarida aks ettiriladi.

Eslatib ötamiz, 2021 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 178,7 trillion sömni, xarajatlari esa 216,2 trillion sömni taşkil etişi belgilangan.

2021 yil yakunida jami davlat qarzi 28,3 milliard dollar miqdorida yoki YaIMga nisbatan 45,3 foiz bölişi prognoz qilinmoqda. Şundan davlat taşqi qarzi prognozi qariyb 25,7 milliard dollarni taşkil etişi belgilangan.

Moliya vazirligiga köra, ösiş dinamikasiga qaramay, davlat qarzi mö'tadil bölib, makroiqtisodiy barqarorlikka xavfsiz darajada qolmoqda.