Obid Tursunov hozirda Xitoy, Polşa universitetlarida, Toşkent Irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida, şuningdek, Örmon xöjaligi ilmiy-tadqiqot institutida yetakçi ilmiy xodim va professor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qayerda zamonaviy ilmiy-texnik baza bölsa, şu yerda jahon tan oladigan yangi natijalar yaratiladi

Ilmning rivojlanişi ilmiy-texnik bazaga qattiq boğlangan, negaki qayerda zamonaviy ilmiy-texnik baza bölsa, şu joyda jahon tan oladigan darajada yangi natijalar oliş mumkin. Eski apparatlar bilan olinganlari ötmaydi, masalan, xalqaro jurnalda uning natijalari qabul qilinmaydi.

Buni eski va yangi televizorga öxşatsa böladi, eslab köring, kamida 20–25 yil avval oq-qora, buragiçlari sinib, ombur bilan buraladigan, antennasi orqasidan çiqib ketadigan juda oğir televizorlarni körar edik. Hozir-çi, butunlay boşqaça. Agar öşa sohada ilm rivojlanmaganda eski holatiça qolib ketgan bölardi.

Ilm şunaqa hodisaki, har oy, yil sayin takomillaşib boradi. Olim men daraja oldim, yetuklikka erişib böldim dedimi, demak, u öşa joyda qotadi, eski baza bilan qolib ketadi.

Ilm rivojlanişi köp jihatdan moliyaviy tomonga ham boğliq. Masalan, köp vatandoşlar Özbekistonga ilm rivojiga hissa qöşiş uçun keldi, lekin bu yerdagi şaroitga moslaşa olmay qaytib ketdi. Bu Özbekiston uçun açinarli holat. Ularni ham tuşunsa böladi, çunki heç kim faqat şunçaki yaşasam böldi deb yaşamaydi-ku, öziga yaraşa orzu-maqsadlari, niyatlari böladi. Bunga erişiş uçun esa unga şaroit kerak, mablağ ham öşa aytilgan şaroitning bir qismi desak xato bölmaydi.

Tasavvur qiling, qaysidir çet davlatda ilm qilişga mos qulay şaroit, zamonaviy jihozlar, soğlom ilmiy muhit bölsa-yu, uni eski jihozlar, past maoşli boşqa bir joyga qandaydir ğoyalar asosida işontirib olib boriş mumkinmi? Yöq, albatta.

Biz ilmni rivojlantirişni xohlayapmizmi, ilmiy texnik bazani har bir yönaliş böyiça yangilaşimiz maqsadga muvofiq.

Olim uçun hamma eşik oçiq bölişi kerak

Sönggi vaqtlarda Özbekistonda ham ilm-fanga munosabat yaxşilanyapti, şaroitlar yaxşi tomonga özgaryapti. Bir neça xorijiy mamlakatlar bilan doimiy aloqa qilib turaman va u joylardagi ilmiy jarayonlarga Özbekistonning nomini qöşib kelaman. Ya'ni, olim bitta joy bilan çegaralanib qolmasligi kerak.