Ma'lum qilinişiça, debat mavzusi bölgan qonun loyihasida hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganlik uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş, ösimlik va hayvonot dunyosiga, atmosfera va suv resurslariga zarar yetkazganlik bilan boğliq yangi huquqbuzarliklar turlarini va ular uçun javobgarlikni belgilaş nazarda tutilgan.

Kiritilayotgan qonun loyihasida jonivorlarning şafqatsizlarça öldirilişi, çavoqlanişi, eng açinarlisi köngilxuşlik sifatida tiriklayin yoqib yuboriş holatlari mayda bezorilik sifatida malakalaniş holatlari ham uçrayotgani, obodonlaştiriş boşqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutiş jamoasi vakillari tomonidan hayvonlarga nisbatan şafqatsizlik qiliş qiynoqqa soliş köpinça bolalar va keksa fuqarolarning köz öngida sodir etilayotgani qayd etilgan.

Uşbu vaziyatlardan kelib çiqib, Jinoyat kodeksi hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganlik uçun, ya'ni bezorilik oqibatida yoki boşqa ğarazli niyatlarda ularning qiynoqqa solinişi yoxud ularga azob yetkazilişi ularning ölimiga yoki mayib bölişiga olib kelsa, şunday harakatlar uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, jinoiy javobgarlikni belgilovçi yangi 202-1-modda bilan töldirilmoqda.

Şuningdek, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasiga tegişli özgartişlar kiritilib, birinçi qismida hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganlik, ya'ni bezorilik oqibatida yoki boşqa ğarazli niyatlarda ularni qiynoqqa solganlik yoki ularga azob yetkazganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima, ikkinçi qismida xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror yoki voyaga yetmagan şaxs hozirligida sodir etilganligi yoxud hayvonlarning ölimiga yoki mayib bölişiga olib kelganligi uçun bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima soliş yoki ön beş sutkagaça ma'muriy qamoqqa oliş tarzidagi javobgarlik belgilanmoqda.

ÖzLiDeP fraksiyasi hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganlik uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş böyiça kiritilayotgan özgartirişlarni qöllab-quvvatladi. Ekologiya partiyasi fraksiyasi esa, şahar va tuman obodonlaştiriş boşqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutiş brigadasi vakillari hayvonlarni sterillaş, boqiş, emlaş vakolati berilmaganini va mazkur qonun loyihasida uşbu bölim faoliyatini e'tiborga oliş lozimligini bildirdi.

Yakunda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi qonun loyihasini takomillaştiriş yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni umumlaştirişi ma'lum qilindi.