Navoiy viloyati hamda Finlyandiyaning Puxoyaarvi şahri ma'muriyati örtasida birinçi onlayn hamkorlik forumi bölib ötdi. Unda şahar meri Xenrik Kiviniemi va Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov, şuningdek, har ikkala tomondan tegişli mas'ullar iştirok etdi.
Finlyandiya «yaşil» iqtisodiyot böyiça dunyoda yetakçi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Xususan, Puxoyaarvi şahri konçilik sohasida katta tajribaga ega. Bu esa Navoiy viloyati uçun muhim yönaliş hisoblanadi. Şu sababli, uçraşuvda konçilik sohasidagi hamkorlik ikkala tomon uçun ham manfaatli ekanligi ta'kidlandi.
Şuningdek, ta'lim tizimidagi hamkorlik ham muhim ekanligi aytib ötildi. Yaqin kelajakda Navoiy davlat konçilik instituti hamda Finlyandiyaning uşbu sohaga tegişli bölgan universitetlari bilan qöşma ta'lim dasturlarini taşkil etiş va akademik almaşinuvni yölga qöyiş közda tutilmoqda.











