Singapurning STUCK Design kompaniyasi qöl bilan tegmasdan, imo-işora bilangina oçiş mumkin bölgan yon tomonga suriluvçi eşik işlab çiqdi. Hozirda keng qöllanuvçi harakat datçiklariga ega eşiklardan farqli, uşbu eşik faqatgina qöl imo-işorasiga ta'sirlanadi. 

Uşbu eşikning işlaşi aks etgan videoda oynavand eşikka örnatilgan displeyli boşqaruv blokini köriş mumkin. Blok imo-işorani kuzatiş uçun möljallangan. Blok kutiş rejimida bölganda uning ekranida ingiçka ramka aks etib turadi. Agar qöl blokka 40 smgaça yaqinlaştirilsa, unda ramka harakatga kelib, unga kaft yaqinlaşgani sari qalinlaşib boradi. Ramka butun ekranni qoplaganda, uning rangi özgarib, eşik signal tovuşi çiqaradi. Şundan keyin uni qöl tekkizmasdan çapga yoki öngga suriş mumkin böladi. Agar qöl datçikdan olinsa, unda eşik yopiladi.

Ta'kidlanişiça, bunday eşik hozirgi pandemiya şaroitida ayniqsa asqatişi mumkin.