Loyihaga köra, Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda «Kompozit nanotexnologiyasi» MÇJning Toşkent materialşunoslik universitetini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Loyihada quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanişi nazarda tutilmoqda:

  • respublika iqtisodiyoti real sektorining ehtiyojini hisobga olgan holda, materialşunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, şuningdek, boşqa sohalarda yuqori malakali oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlaş;
  • yuqori malakali mutaxassislarni, şu jumladan, xorijiy mutaxassislarni, şuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoşlarimizni jalb etgan holda yetakçi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni amalga oşiriş;
  • respublika va xorijiy davlatlar kadrlarining malakasini oşiriş, ilğor xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiliş asosida tajriba almaşiş dasturlarini amalga oşiriş;
  • ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oşiriş.

Universitet mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi nodavlat oliy ta'lim taşkiloti hisoblanib, mustaqil balansiga ega, ixtiyorida bölgan pul mablağlari va mol-mulki bilan öz majburiyatlari doirasida javob berişi közda tutilmoqda.

Bundan taşqari, universitetga abituriyentlarni qabul qiliş va bitiruvçilarni attestatsiyadan ötkaziş tartibi va qoidalari Universitet tomonidan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişgan holda belgilanadi.

Universitetda ta'lim raqamli texnologiyalar, masofaviy ta'lim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-öqitiş, «blendedlearning» va boşqa zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va keçki ta'lim şaklida amalga oşiriladi.

Universitetda ta'lim oliş tölov-kontrakt asosida, yuridik şaxslar — potensial iş beruvçilar tomonidan taqdim etiladigan ta'lim grantlari, şuningdek, yoşlarni öqitiş uçun ajratiladigan yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga amalga oşiriladi.

Bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari hamda tölov-şartnoma miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bölgan ehtiyojlardan kelib çiqqan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadi.