Vazirlar Mahkamasining “2021-2022 yillarda Xiva şahrini kompleks rivojlantiriş dasturi töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokreditbank” ATB, Xiva şahar hokimligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, xöjalik boşqaruvi organlari va tijorat banklari tomonidan işlab çiqilgan 2021-2022 yillarda Xiva şahrini kompleks rivojlantiriş dasturi tasdiqlanadi.

Quriliş vazirligi, Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:

  • Xiva şahrida 2021-2022 yillarda har yili 20tadan 5-7 qavatli uylar qurilişini taşkil etiş;
  • “Içan-qal'a” va “Deşon-qal'a” majmualari örta qismida joylaşgan, biroq ular me'moriy qiyofasiga mos kelmaydigan turar va noturar joy binolarini şahar boşqa qismiga köçiriş, şu munosabat bilan fuqarolar hamda yuridik şaxslarga yetkazilgan zarar örnini Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarorida körsatilgan tartibda qoplaş çoralarini köradi.

Xiva şahar hokimligi öz ma'muriy binosiga ega emasligi sababli hozirda Xiva şahar, Najmiddin Kubro köçasi, 27-uyda joylaşgan Xalq demokratik partiyasi Xiva şahar kengaşi binosidan ijara asosida foydalanayotganini inobatga olib:

  • Adliya vazirligi balansida bölgan, hozirda foydalanilmayotgan eski notarius binosini belgilangan tartibda Xalq demokratik partiyasi Xiva şahar kengaşi balansiga;
  • Xalq demokratik partiyasi Xiva şahar kengaşi balansida bölgan binoni Xiva şahar hokimligi balansiga;
  • Xiva şahar hokimligi balansida bölgan, yangi qurib işga tuşirilgan davlat xizmatlari markazi binosini Adliya vazirligi balansiga beğaraz ötkazib beriş böyiça Xalq demokratik partiyasi markaziy kengaşi, Adliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligining takliflari ma'qullanadi.

Madaniyat vazirligi, Quriliş vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda “Içan-qal'a” davlat muzeyi qöriqxonasi qoşida “Madaniy meros obektlarini restavratsiya qiliş, tiklaş va ta'mirlaş” DUK faoliyatini taşkil etib, yuqori malakali hamda tajribaga ega bölgan mahalliy va xorijiy usta-restavratorlarni jalb qiliş çoralarini köradi.