Misr poytaxti Qohirada ön qavatli uy qulab tuşişi oqibatida kamida beş kişi halok böldi va 23 kişi jarohatlandi. Bu haqda Al-Ahram gazetasi xabar bermoqda.

Naşrning ma'lumot berişiça, fojia Hisr-as-Suvayş rayonida yuz bergan. Hozirda qutqaruvçilar vayronalar orasidan tirik qolganlarni qidirmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, uy qulab tuşişiga unga noqonuniy ravişda qöşimça yana ikkita qavat qurilgani sabab bölgan. 

Qohirada 2007 yilda tört qavatli uy qulab tuşgandi.

Misr şaharlarida uylar qulab tuşişiga ularning qurilişida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi sabab böladi. Uylarda yaşovçilar hokimiyat ruxsatisiz qöşimça qavat qurib olişlari köp uçraydi.