Bugun, 27 mart kuni Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududidagi yölda ikkita yuk maşinasi özaro töqnaşgan. Oqibatda ulardan biri ağdarilib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, bugun 27 mart kuni soat 13:30lar atrofida, M-34 xalqaro avtomobil yölining Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan ötgan 84-kilometrida ikkita yuk maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi röy bergan. 1992 yilda tuğilgan S.Ya. boşqaruvidagi «Kamaz-5410» rusumli hamda 1985 yilda tuğilgan Z.X. boşqaruvida bölgan «Mercedes-Benz» rusumli yuk maşinalari özaro töqnaşib ketgan. Zarb oqibatida «Kamaz-5410» ağdarilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, töqnaşuv natijasida heç kim tan jarohati olmagan. Yuk maşinalarining biri – ağdarilib ketgan «Kamaz-5410»ga jiddiy zarar yetgan.
Xabarda ma'lum qilinişiça, mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan töqnaşuv sabablariga oydinlik kiritiş maqsadida suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, M-34 xalqaro avtomobil yölida YTH sabab yuzaga kelgan tirbandliklarni bartaraf etiş çoralari körilgan.












