Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 apreldan Rishton tumani orqali So‘x tumaniga olib boradigan yo‘l ochiladi. Natijada, avval 80 km yo‘l bosib borish kerak bo‘lgan hududga yangi yo‘l orqali 19 km masofa bilan yetib boriladi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, So‘x tumaniga qatnash uchun odamlar tashishga mo‘ljallangan mikroavtobuslar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, So‘xga olib boruvchi yo‘lni ta'mirlab berishni O‘zbekiston tomoni o‘z zimmasiga olgan.