21 mart kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi «Sovungar» mahallasida yaşagan ayol viloyatning Karmana tumanida özi va farzandlarini poyezd ostiga taşlab, joniga suiqasd qildi. Kun.uz bu haqda 24 mart kuni xabar bergan edi.
Hodisa sabablarini örganiş maqsadida Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi raisi Malika Qodirxonova Navoiy viloyati hokimligiga xat bilan çiqdi. Bu haqda Senat axborot xizmati ma'lum qildi.
Aniqlanişiça, 1989 yilda tuğilgan Z.Jabborova va uning farzandlari poyezd ularga yaqinlaşib kelgan vaqtda temir yöl iziga yugurib çiqib, ikkita rels orasiga yotib olgan, natijada yuk poyezdi ularni urib yuborgan.
Ona Karmana tumani tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida vafot etgan. Voyaga yetmagan 5 yoşli qizi esa oğir tan jarohati tufayli jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. 8 va 3 yoşli qizaloqlar baxtli tasodif tufayli omon qolgan.
Marhumaning yaqin qarindoşlari bilan suhbatlaşilganda, oilaviy şaroiti moddiy jihatdan örtaholligi, sönggi vaqtlarda u bilan turmuş örtoği O.Röziyev «Sen öğil farzand tuğmaysan» deb janjallaşib turgani sababli ruhiyatida özgarişlar bölgani, lekin qolgan oila a'zolari yoki boşqa şaxslar bilan kelişmovçilikka bormagani, ruhiy jihatdan soğlomligi, yaqin qarindoşlari orasida ruhiy kasallik belgilari mavjud bölganlar yöqligi aniqlangan.
Uşbu mahalla patronaj hamşirasi bergan ma'lumotga köra, fuqaro Z.Jabborova 2021 yilning yanvar oyida homiladorligi tufayli murojaat qilgan. U tibbiy körikdan ötkazilganda, uşbu homila ham qiz ekani aniqlangan. Natijada ayol öz xohişi bilan homilasini oldirib taşlagan.
Bundan taşqari, fuqaro Z.Jabborova oilasidagi kelişmovçilik yuzasidan biror marotaba MFY xodimlariga yoki tuman IIB profilaktika inspektoriga murojaat qilmagan.
Ayni vaqtda Navoiy transport prokuraturasi suriştiruv işlarini ötkazyapti. Holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi nazoratiga olingan.












