O‘zbekiston | 18:29 / 28.03.2021
13302
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 29 mart kuni ham yomg‘ir yog‘adi

«O‘zgidromet» 29 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 6–8 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va yertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid