Ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Respublikaning ayrim togʻli hududlarida va 24−25-sentabr kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Havo harorati kechalari +13…+18 daraja, kunduz kunlari +27…+32 daraja atrofida, janubda +35…+37 darajagacha boʻladi. Shamol sharqdan 7−12 metr/soniya tezlikda esadi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +15…+18 daraja, kunduz kunlari +29…+32 daraja, 25-sentabrda +27…+29 daraja boʻladi. Shamol sharqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi.