“Özbekneftgaz” AJ tomonidan Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasiga qaraşli “Zevarda” konidagi siquv kompressor stansiyasi işga tuşirildi.
Mirişkor tumanida joylaşgan “Zevarda” konidagi siquv kompressor stansiyasi past bosimli gazlarni özlaştirişga möljallangan.

Mazkur obektning oçiliş marosimida “Özbekneftgaz” AJ boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev iştirok etdi.


Umumiy qiymati 75,8 mln. dollar bölgan uşbu loyiha Prezident Şavkat Mirziyoyevning “2017-2021 yillarda uglevodorod xomaşyosini qazib olişni köpaytiriş Dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini, ya’ni kondagi qoldiq gaz va kondensat zaxirasini maksimal darajada qazib oliş maqsadida amalga oşirildi.
Quriliş işlari “Enter Engineering” (Singapur) kompaniyasi tomonidan amalga oşirildi. Zamonaviy gaz-turbina uskunalari va kompressorlar “Baker Hughes General Electric” (AQŞ), “Motorsiç” (Ukraina), “Akcelik” (Turkiya), “Denair Energy” (Xitoy) kompaniyalari tomonidan yetkazib berildi.

– Yangi siquv kompressori stansiyasi yiliga 3,3 mlrd kub metr tabiiy gaz bosimini oşiriş quvvatiga ega bölib, gaz tarkibidagi suyuq komponentlarni ajratib oliş uçun gazni kompleks tayyorlaş qurilmasiga yetkazib berişga xizmat qiladi. Kunlik qöşimça 1,5 mln. kub metr gaz qazib olişga erişiladi. Uşbu siquv kompressor stansiyasining ikkinçi bosqiçi ikkita agregat orqali “Zevarda” koni quduqlarining sanoat miqyosidagi past bosimli tabiiy gazlari bosimini kötarib, “Zevarda” siquv kompressor stansiyasiga uzatib beradi. Bu orqali tabiiy gaz qazib çiqariş hajmini oşirişga erişiladi. Öz navbatida, loyihani amalga oşirişda iştirok etgan xorijiy kompaniyalarning hamkorligi, yordamini ham e’tirof etişni istardim, – dedi “Özbekneftgaz” AJ boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev.
“Zevarda” koni va undagi quduqlarning joriy holatida Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi tomonidan 2,27 mlrd. kub metr tabiiy gaz va 46,6 ming tonna gaz kondensati qazib olinadi.














