Xitoyda Şinjondagi uyğurlarning ta'qib qilinişini tanqid qilgan va bu yerda tayyorlangan paxtani sotib olmasligini e'lon qilgan ğarb kiyim brendlariga qarşi haqiqiy piar-uruş boşlandi, deb xabar bermoqda Euronews telekanali.

Xabarda aytilişiça, Nike va H&M kabi yirik kompaniyalar mahsulotlariga nisbatan boykot e'lon qilingan. Qator onlayn-platformalardan Şvetsiya kompaniyasining mahsulotlari olib taşlangan. 

Davlat OAV ğarb kompaniyalarini yolğonçilikda ayblamoqda.

Ötgan yil kuzida Nike, H&M, adidas va boşqa brendlar Xitoy uyğurlarning majburiy mehnatidan foydalanayotganidan xavotir bildirgandi. 

BMT ma'lumotlariga köra, Şinjondagi axloq tuzatiş lagerlarida siyosiy motivlar bilan bir millionga yaqin uyğurlar noqonuniy tutib turilgan bölişi mumkin.

Avvalroq Yaponiyaning 12ta yirik kompaniyasi uyğurlarning majburiy mehnatidan foydalanayotgan Xitoy kompaniyalari bilan biznes hamkorlikni töxtatişga qaror qilgandi.